SportUz.Tv
iks
ads

Rasman. Dmitriy Bivolning navbatdagi jangi tasdiqlandi (POSTER)

12.10.2026 22:33    


Rasmni yuklab olish

RCC promouterlik kompaniyasi 12 dekabr kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadigan boks oqshomini rasman elon qildi.

Asosiy jangda yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik jahon chempioni Dmitriy Bivol Buyuk Britaniya vakili Kallum Smitga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazadi.

35 yoshli Bivol professional boksdagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. U 2017 yilda yarim og'ir vaznda jahon chempioniga aylangan, 2025 yilda esa mutlaq chempionlikka erishgan. 36 yoshli Kallum Smit professional ringda 2015 yildan buyon qatnashib keladi. U 2018 yilda ikkinchi o'rta vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan. Britaniyalik bokschi 2021 yildan yarim og'ir vaznda jang qilmoqda va ushbu divizionda jahon chempionlik kamarlari uchun davogar bo'lgan.

Bivol Smitga qarshi jangda o'zining WBA, WBO, IBF va WBO vaqtinchalik kamarini himoya qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: