Jeyron Ennis ishtirokidagi birlashtiruvchi jang qachonga belgilangani malum
10.11.2026 17:24
1364
Rasmni yuklab olishSuper yarim o'rta vazn toifasida (69,9 kg gacha) WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Jeyron Ennis hamda IBF kamari sohibi Josh Kelli o'rtasidagi birlashtiruvchi jang sanasi malum bo'ldi.
Bellashuv 2027 yilning 27 fevral kuni AQSHning Atlanta shahridagi State Farm Arena'da bo'lib o'tadi.
Jangning rasmiy eloni yaqin kunlarda bo'lishi kutilmoqda.
Ennis katta ehtimol bilan Kelli ustidan g'alaba qozonsa, bu vazn toifasida uning uchun yagona jiddiy raqib sifatida WBC chempioni Sebastyan Fundora qoladi.

Do`stlarga yuboring: