
"Bu borada Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangimni aytgan bo'lardim. CHunki men o'shanda birinchi marta jahon chempioni bo'lgandim. Bu jangim juda esda qolarli bo'lgan", - dedi Topuriya JD Sports nashriga bergan intervyusida.
Iliya Topuriya 29 yoshda. Gruziyalik jangchi 2020 yildan buyon UFC`da ishtirok etib kelmoqda. 2024 yilda u yarim engil vaznda (65 kg gacha) chempion bo'ldi, shundan so'ng bir marta o'z titulini himoya qildi. 2025 yilda esa engil vaznda (70 kg gacha) ham chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Uning tashkilotdagi umumiy hisobida to'qqizta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.
Iyun oyida Topuriya UFC`ning engil vazn chempioni sifatida Oq uydagi turnirning markaziy jangida o'z kamarini himoya qila olmadi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji to'rtinchi raund oxirlarida texnik nokaut orqali g'alaba qozondi.
