
Musobaqa dasturidan o'rin olgan boks bahslari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Kecha tunda o'tkazilgan chorak final janglarida ikki bokschimiz Yoshlar Olimpiya o'yinlarining yarim final chiptasini qo'lga kiritish barobarida kamida bronza medalini naqd qildi.
Bokschi qizlarimizdan Sabrina CHakomanova (-54 kg) germaniyalik Lorin Sayimni hakamlar qaroriga ko'ra 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Rushanabonu Isoeva (-60 kg) esa litvalik Migle Griskoniteni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

















Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev