
Biroq amerikalik buni rasmiy boks jangiga aylantirish niyatida emas.
"Men 57 yoshdaman. Oxirgi marta 38 yoshimda Tito Ortis bilan jang qilishni rejalashtirayotganimda boks tushganman. Eddi Xirn hech kim emas. U hech qachon boks bilan shug'ullanmagan. Balki zalda biroz mashq qilgandir yoki shunga o'xshash nimadir.
Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jang qilganida 58 yoki 59 yoshda edi. Uning qanday ko'rinishda bo'lganini ko'rdingizmi? Axir Tayson tarixdagi eng buyuk bokschilardan biri.
Agar Eddi Xirn men bilan jang qilmoqchi bo'lsa, Londondagi zallardan birini tanlasin. Ikkovimiz o'sha erga boramiz va masalani hal qilamiz", dedi Uayt.