SportUz.Tv

Aleksandr Golovin O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

10.11.2026 13:48    


Rasmni yuklab olish

Rossiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jarohati sababli O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi.

TASS agentligining xabar berishicha, Franciyaning “Monako” klubi futbolchisi jarohati tufayli Rossiya milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'iniga qo'shilmaydi.

“Golovin milliy terma jamoaga kelmaydi. Uning o'ng boldir mushagida jarohat bor”, – dedi agentlik manbasi.

Futbolchining agenti Aleksandr Klyuev ham ushbu malumotni tasdiqladi.

“Sashada jarohat bor. U milliy terma jamoaning noyabr oyidagi yig'inini o'tkazib yuboradi. Tiklanish muddati bo'yicha ‘Monako’ tibbiy shtabidan malumot kutyapmiz”, – dedi Klyuev.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi 8 noyabr kuni Franciya chempionatining “Le-Man”ga qarshi uchrashuvida (1:1) jarohat olib, 54-daqiqada almashtirilgan edi.

Golovin Rossiya terma jamoasining O'zbekiston va Venesuelaga qarshi uchrashuvlar uchun elon qilingan tarkibidan joy olgandi.

Malumot uchun, O'zbekiston – Rossiya o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 20:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: