SportUz.Tv

Venger FIFA prezidenti saylovida ishtirok etishga rozi bo'lish arafasida

10.11.2026 15:48    


Rasmni yuklab olish

Arsen Venger FIFA prezidenti saylovida ishtirok etishni istisno qilmayapti va Janni Infantinoga asosiy raqobatchi bo'lishi mumkin.

L’Equipe nashrining qayd etishicha, "Monako" va "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi ikki oydan ko'proq vaqtdan beri bu borada ikkilanmoqda. Bir tomondan, u Infantinoning yana to'rt yilga qolishiga to'sqinlik qilishni o'zining "burchi" deb bilsa, boshqa tomondan — mavjud tizim doirasida hozirgi rahbar bilan kurashish befoyda ekanligiga ishonchi komil. Qolaversa, mutaxassis Xalqaro futbol federaciyasi rahbarining javobgarlik doirasi futbol maydonidan juda uzoq, deb hisoblaydi.

SHu bilan birga, Venger hech qachon saylovda qatnashish g'oyasidan uzil-kesil voz kechmagan va ko'rinishidan, hozir o'ziga bildirilayotgan tavsiyalarga rozi bo'lishga yaqin turibdi. Manba malumotlariga ko'ra, sobiq murabbiy bir nechta uchrashuvlar o'tkazib, hafta o'rtalariga qadar yakuniy qarorga keladi.

Malumot o'rnida, 77 yoshli franciyalik mutaxassis ayni paytda FIFAning futbolni global rivojlantirish bo'yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: