SportUz.Tv

Afsonaviy Raul Gonsales ilk bor kattalar jamoasini boshqaradi

10.11.2026 20:00    


Rasmni yuklab olish

Ispaniyalik mutaxassis Raul Gonsales rasman "Real Ovedo" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, 49 yoshli murabbiy bu lavozimda 9 noyabr kuni jamoani tark etgan Xulian Kaleroning o'rnini egalladi. Etiborlisi, mutaxassisning istefosi "Ovedo" chempionatning so'nggi turida "Kadis" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonganiga qaramay yuz berdi.

Gonsales bilan tuzilgan shartnoma 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi uchun bu professional darajadagi asosiy jamoa bilan ilk ish tajribasi bo'ladi.

Bunga qadar Raul "Real" tizimida faoliyat yuritib, o'smirlar jamoalarini shug'ullantirgan, so'ngra ketma-ket olti mavsum davomida klubning ikkinchi jamoasi — "Kastilya"ni boshqargan. Uning qo'l ostidagi madridliklar o'smirlar jamoasi 2020 yilda UEFA Yoshlar Ligasida g'olib chiqqan.

Qiziq tomoni shundaki, "Real Ovedo" tizimida yangi bosh murabbiyning o'g'li — Ektor Gonsales ham to'p tepadi. U jamoaning o'rinbosarlar tarkibida harakat qilmoqda.

Raulning "Ovedo" bosh murabbiyi sifatidagi debyuti 14 noyabrga rejalashtirilgan. SHu kuni uning jamoasi Ispaniya ikkinchi divizioni doirasida "Jirona"ni qabul qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: