
"Garsiya - mening sevimli o'yinchilarimdan. Men tarkibda 15 nafar Erik bo'lishini xohlardim. Garsiya qaydnomaga kirmayotgani sababi shundaki, u tez orada "Barselona"ga o'tadi", - deydi Gvardiola.
20 yoshli ispaniyalik futbolchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. U o'zi tarbiya topgan "Barsa"ga qaytishga qaror qilgan.
Qayd etish kerakki, Erik 2017 yilning iyulidan beri "Manchester Siti"da to'p tepadi.
"Bu haqda hamma jim". Striklend UFC’ni keskin tanqid qilib, tashkilotni tark etish niyatini bildirdi