SportUz.Tv
iks
ads

Serxio Riko oilasi bilan kechki ovqatlanayotganda uyiga bosqinchilar kirib keldi

23.10.2026 12:00    


Rasmni yuklab olish

«PSJ» klubining sobiq darvozaboni Serxio Riko va uning oilasi Ispaniyada bosqinchilik hodisasiga duch keldi. Noma’lum shaxslar futbolchining Sevilya yaqinidagi uyiga bostirib kirib, qimmatbaho buyumlarni olib ketishgan.

Hodisa shu hafta Bolulyos-de-la-Mitasyon munisipalitetiga qarashli La-Xuliana turar joy hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea vaqtida Riko rafiqasi Alba Silva, ikki yoshli va to‘rt oylik farzandlari hamda qaynonasi bilan kechki ovqatlanayotgan bo‘lgan. Shu payt uyga boshiga kapyushon kiygan besh nafar noma’lum shaxs kirib kelgan. Ular xavfsizlik signalizasiyasi vaqtincha o‘chirilganidan foydalanishgan.

Xayriyatki, darvozabon va uning oila a’zolari xonalardan biriga yashirinib, eshikni ichkaridan qulflashga ulgurishgan. Shu tariqa, ular bosqinchilar bilan to‘qnash kelmasdan, jiddiy xavfdan qutulib qolishgan.

Derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, jinoyatchilar uyning qolgan qismlaridagi barcha qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Polisiya bosqinchilarning shaxsini aniqlash va ularni qo‘lga olish maqsadida mavjud dalillarni o‘rganmoqda. Hozircha jinoyatchilar qo‘lga olinmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: