
«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister kelajagini mersisaydliklar bilan bog‘lash niyatida. Argentinalik futbolchi klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi «Liverpul»da qolishni istamoqda. Biroq klub rahbariyati hozircha yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.
Mak Allisterning mersisaydliklar bilan amaldagi kelishuvi 2028 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik yarim himoyachi 2023 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning hozirgi transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Makallister Angliya Premyer-ligasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 marta sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.