SportUz.Tv
iks
ads

Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

23.10.2026 13:24    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining xizmatlariga ushbu mamlakat klublari qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoalari 32 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Agar Fernandeshning «Old Trafford»dagi vaziyati yomonlashsa, Saudiya Arabistoni klublari uning faoliyatini davom ettirishi uchun jiddiy variantga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Brunu Fernandesh 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: