
Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Germaniyalik futbolchining xizmatlariga bir qator top-klublar qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 26 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Tottenxem» rejalashtirmoqda. Ushbu klublar Nmechaning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining amaldagi shartnomasida tovon puli 80 million yevro etib belgilangan. Mazkur band kelasi yilning iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Nmechaning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi esa 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Feliks Nmecha 2023 yil iyul oyidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.