SportUz.Tv

Erling Xoland Golden Player sovrini sohibi böldi

09.11.2026 23:24    


Rasmni yuklab olish

«Mançester Siti» hujumçisi Erling Xoland ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan Golden Player mukofotiga sazovor böldi. Mazkur sovrin Italiyaning Tuttosport naşri tomonidan ta’sis etilgan bölib, norvegiyalik futbolçi ovoz beriş natijalariga köra ğolib deb topildi.

Xoland 2026 yil davomida klub va milliy terma jamoa safida jami 53 ta uçraşuvda iştirok etib, 46 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oşirdi.

U «Mançester Siti» bilan Angliya kubogi va Liga kubogini qölga kiritdi. Şuningdek, 27 ta gol bilan Premyer-liganing eng yaxşi töpurariga aylandi. 2026 yilgi Jahon çempionatida esa norvegiyalik hujumçi 5 ta gol muallifi böldi.

Bu Xolandning faoliyatidagi ikkinçi Golden Player mukofoti hisoblanadi. U avvalroq, 2023 yilda ham mazkur sovrinni qölga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: