
«Barselona»ning 19 yoşli himoyaçisi Pau Kubarsi Yevropaning yildagi eng yaxşi yoş futbolçisiga beriladigan Golden Boy («Oltin bola») mukofoti sohibi böldi. Bu haqda sovrinning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Ötgan yili mazkur mukofotga Fransiyaning «PSJ» klubi futbolçisi Dezire Due sazovor bölgandi. Undan bir yil avval esa «Barselona» vakili Lamin Yamal ğolib deb topilgan.
Kubarsi joriy mavsumda «Barselona» safida Ispaniya çempionatining 9 ta uçraşuvida maydonga tuşib, 2 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Şuningdek, uning hisobida Çempionlar ligasidagi 4 ta öyin bor.
Ispaniya terma jamoasi safida esa himoyaçi 2026 yilgi Jahon çempionati ğolibiga aylangan.