
«PSJ» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi GOAL50 sovrini sohibiga aylandi.
Goal.com portali versiyasiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» forvardi Krishtianu Ronaldu ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski kuchli uchlikka kirdi.
Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»), Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»), Erling Xoland (Norvegiya, «Borussiya» Dortmund), Karim Benzema (Fransiya, «Real»), N’Golo Kante (Fransiya, «Chelsi»), Kevin De Breyne (Belgiya, «Manchester Siti») va Neymar (Braziliya, «PSJ») o‘rin olishdi.
Goal.com saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 14 mln.dan ortiq inson qatnashdi.
"Bunday urush paytida Oq uyda UFC turniri o'tkazish g'alati" - amerikalik tahlilchi
Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi