
Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 334 turniridan ikki kun o'tib, tashkilotning amaldagi og'ir vazn chempioni o'z muxlislariga o'zini alo darajada his qilayotgani va o'z kamarini himoya qilishga tayyorligini malum qildi.
"Men yaxshi ekanligimni bildirmoqchiman. Ha, jangdan so'ng darhol meni tekshiruv uchun shifoxonaga yuborishdi, biz kerakli tekshiruvdan o'tdik va menda hammasi joyida. Biz tekshiruvdan o'tish va hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun ham shifoxonaga borishimiz kerak edi. CHunki bu haqiqiy jang edi, lekin nima bo'lishidan qati nazar, biz g'alaba bilan qaytdik.
Menga yozib, holatimdan xabar olayotgan barchaga rahmat. Jangdan oldin, jangda va jangdan keyingi qo'llab-quvvatlov uchun barchangizga tashakkur. Biz birgamiz. Endi dam olish vaqti keldi. SHundan so'ng, biz mashg'ulotlarga qaytib, keyingi qadamga tayyorlanamiz. Bu oxiri emas. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor katta rahmat!", – dedi francuz ijtimoiy tarmoqda elon qilingan videoda.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida bo'lib o'tgan og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi besh raund davom etgan va Siril Ganning ochkolar (48-47, 48-47, 48-47) hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. SHuningdek, ikkala sportchi ham "Oqshomning eng yaxshi jangi" uchun bonuslari sifatida qo'shimcha 100 000 dollardan olishgandi.
